Britaniya taxti valiahdi, Uels shahzodasi Charlz mashinada bug‘uni bosib ketdi. Shotlandiyadagi Balmoral qirollik dala hovlisida bir necha kun muqaddam sodir bo‘lgan voqea haqida, Mirror nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Qirolicha Yelizaveta II ning 67 yoshli o‘g‘li jarohat olmadi, lekin uning boshqaruvidagi Audi jiddiy shikastlandi.
“Charlz ehtiyotkor haydovchi, ammo bug‘ular ba’zan yo‘lga chiqib qoladi, nima ham qilish mumkin”, — dedi gazetaning suhbatdoshi.
Izoh (0)