Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida joylashgan Lobachyovskiy nomidagi botanika bog‘ida dunyodagi eng katta oq nilfiya — Amazoniya Viktoriyasi gulladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Nilfiya sun’iy sharoitda juda kam gullaydi.
“Bu bir yillik o‘simlik, juda injiq. Rossiyada Amazoniya Viktoriyasi Sankt-Peterburgdagi Rossiya Fanlar Akademiyasi V. L. Komarov nomidagi botanika bog‘ida gullagan edi”, — dedi botanika bog‘i direktori Aleksandr Shirokov.
Uning so‘zlariga qaraganda, nilfiya faqat ikki kun gullab turadi, birinchi kuni uning guli oq rangda, ikkinchi kun esa pushti rangda bo‘ladi.
“Gul lotosga o‘xshash, lekin diametri kattaroq — 20 santimetr”, — qo‘shimcha qildi Shirokov.
Izoh (0)