Polsha prezidenti Lex Kachinskiy halok bo‘lgan hodisa sabablarini taftish qilish komissiyasi to‘plagan ma’lumotlar asosida ekspertlar prezident samolyoti havoda parchalana boshlaganini aniqladi. Bu haqda, komissiya rahbarlaridan biri Kazimej Novachikning bayonotiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Polsha milliy mudofaa vazirligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida u samolyot parchalari yerga havo kemasining o‘zi urilgan daraxtdan 60 kilometr narida to‘kila boshlaganini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, Novachik bort o‘ziyozarlarida uchuvchi kabinasidagi muzokaralarda Polsha harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni general Anjey Blasikning ovozi eshitilmaganini aytdi. Ilgariroq uchuvchi kabinasida, ekipajdan tashqari, boshqa odam borligi aytilgan, u Blasik ekanligi taxmin qilingan edi.
Izoh (0)