O‘zbekistonda 14-sentabr kuni kunduzi va 15-sentabrga o‘tar kechasi yog‘ingarchilik kuzatilmadi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
14-sentabr kuni kunduzi O‘zbekistondagi eng yuqori havo harorati Termiz shahrida (+35 daraja), eng past havo harorati esa Qamchiq dovonida (+18 daraja) kuzatildi.
14-sentabr kuni kunduzi O‘zbekistonning yirik shaharlari va viloyat markazlarida havo haroratining eng yuqori ko‘rsatkichi quyidagicha bo‘ldi: Urganchda +27 daraja, Nukusda +28 daraja, Samarqandda +29 daraja iliq, Toshkent, Buxoro, Andijon, Farg‘ona shaharlarida +30 daraja, Navoiy, Namangan shaharlarida +31 daraja, Jizzax, Guliston, Qarshi shaharlarida +32 daraja, Termizda +35 daraja issiq.
15-sentabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning yirik shaharlari va viloyat markazlarida havo haroratining eng past ko‘rsatkichi +12 darajadan tushmadi: Urganch, Andijon shaharlarida +12 daraja, Navoiy, Samarqand, Farg‘ona shaharlarida +13 daraja, Buxoro, Guliston, Termiz shaharlarida +14 daraja, Toshkent, Nukus, Namangan shaharlarida +15 daraja, Jizzax, Qarshi shaharlarida +16 daraja.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)