Elektr energiyasi va boshqa manbalar narxining oshishi munosabati bilan 1-oktabrdan Toshkent aholisi uchun suv ta’minoti xizmati uchun yangi tariflar joriy etiladi. Bu haqda “Suvsoz” davlat unitar korxonasi xabar berdi.
Markazlashgan issiq suv ta’minoti tizimiga ega ko‘p qavatli xonadonlar uchun yangi tarif (issiq suv hisoblagichi mavjud bo‘lmagan holatlarda) 1 kubometr uchun 410 so‘m (hozir 390 so‘m), issiq suv ta’minoti markazlashmagan xonadonlar uchun 295 so‘m (hozir 280 so‘m) deb belgilandi.
Xususiy uylarda esa kanalizatsiya xizmatini qo‘shganda har bir kubometr uchun 295 so‘mni (hozir 280 so‘m), kanalizatsiyasiz 180 so‘mni (hozir 170 so‘m) tashkil qiladi.
Izoh (0)