“O‘zbekturizm” o‘zbekistonlik sayyohlarni Malayziya va Singapurda Zika virusi tarqalganidan ogohlantirdi, deb xabar beradi “Anons.uz”.
Malayziya rasmiylari yaqinda ikki fuqarosi Zika virusiga chalinganini, ular chet elga chiqmasdan turib kasal yuqtirganini tan oldi. Ayniqsa Indoneziya chegarasidagi Sabax viloyatida tahlikali vaziyat hukm surmoqda.
Bundan tashqari, avgust oyining oxiridan Singapurda virus tarqalishi boshlandi, deyiladi “O‘zbekturizm” xabarnomasida.
Izoh (0)