O‘zbekistonda 14-sentabr, chorshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 14-sentabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +6...+11 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Toshkent shahrida +15 darajagacha, qolgan barcha hududlarda +18 darajagacha iliq bo‘ladi.
Chorshanba kuni kunduzi mamlakatning tog‘li joylarida havo harorati +16...+21 daraja iliq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida +27...+32 daraja, qolgan barcha hududlarda, xususan, Toshkent shahrida +30 darajagacha issiq bo‘ladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)