Gallup o‘zi o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra 2016-yil uchun eng ijobiy fikrlovchi aholiga ega mamlakatlar reytingini — Global Emotions Report’ni e’lon qildi. Unda 140 mamlakat aholisining his-tuyg‘ulari o‘rganib chiqildi. Tadqiqot natijalari Gallup saytida chop etildi.
Reytingda birinchi o‘rinni Gvatemala egalladi. Undan keyingi o‘rinni Gonduras va Paragvay zabt etdi. O‘zbekiston to‘rtinchi pog‘onaga munosib ko‘rildi.
Kuchli o‘nlikka, shuningdek, Ekvador, Salvador, Indoneziya, Kosta-Rika, Shveysariya va Kolumbiya kirdi.
Aholisi eng salbiy hissiyotlarni boshdan kechirayotgan davlatlar reytingning oxiridan o‘rin oldi. Bular Iroq, Suriya, Kipr, Boliviya va Falastindir.
Izoh (0)