Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi (UEFA)ning Afinada bo‘lib o‘tayotgan navbatdan tashqari kongressida italiyalik Evelina Kristillin UEFAning Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Kengashidagi vakili etib saylandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
61 yoshli Evelina Kristillin ushbu lavozimga yagona nomzod edi. Uning vakolati 2021-yili bo‘lib o‘tadigan navbatdagi saylov kongressigacha mo‘ljallangan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)