Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida davom etayotgan XV yozgi Paralimpiya o‘yinlarining 1 500 metrga yugurish bahslarida to‘rt nafar paralimpiyachi ushbu masofada Rio–2016 Olimpiadasi g‘olibi AQShlik Mettyu Sentrovitsdan tezroq bosib o‘tdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Sentrovits 1 500 metr masofani 3:50.00 natija bilan bosib o‘tgandi va 108 yil ichida ushbu masofada g‘alaba qozongan ilk marta amerikalik bo‘ldi.
Paralimpiya o‘yinlarining ko‘rish qobiliyati past (T13 toifasi) sportchilar o‘rtasidagi 1 500 metrga yugurish bahslarida jazoirlik Abdellatif Baka 3:48.29 natija bilan 1-o‘rinni egalladi. Uning hamyurti Fuad Baka 3:49.84 natija bilan marraga to‘rtinchi bo‘lib yetib keldi.
Ushbu holatga izoh bergan Fox Sport nashri mazkur sport turida barchasi sportchilar tanlagan taktikaga bog‘liq ekanini ma’lum qildi. Sentrovits g‘alaba qozongan Olimpiada bahslarining finalida masofaning uchdan bir qismi yakunlamaguniga qadar hech qaysi sportchi yetakchilikni o‘z qo‘liga olmagandi. Shu sababli ham yetaklovchi guruhning tezligi nisbatan pastroq bo‘lgan.
Izoh (0)