Bangladeshdagi fabrikada yuz bergan yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 26 nafarga yetdi. Bu haqda “RIA Novosti” agentligi xabar bermoqda.
Jabrlanuvchilarning barchasi shifoxonalarga yotqizilgan, ularga zarur yordam ko‘rsatilmoqda. Ulardan ba’zilarining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.
Dakka chekkasidagi G‘ozipur shaharchasida joylashgan Tempako kompaniyasiga tegishli fabrikadagi yong‘inga shanba kuni tongda qozonxona portlashi sabab bo‘lgan.
Portlash va yong‘in oqibatida binoning bir qismi qulab tushgani aytilmoqda. Hodisa joyida 25 ta o‘t o‘chirish guruhi ish olib bormoqda.
Izoh (0)