Liberty Media Corporation va CVC Capital Partners korporatsiyasi Liberty Media “Formula-1”ni sotib olishga rozi bo‘lganini rasman e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Kommersant”.
Xabarda qayd etilishicha, Liberty Media avvalroq “Formula-1”ning 18,7 foiz aksiyasini 746 million dollarga sotib olgandi. Kelishuvga ko‘ra, “Formula-1” qarzlarni hisobga olganda 8 milliard dollarga baholangan. Avtopoygalar biznesi 4,4 milliard dollarga sotib olinadi.
Izoh (0)