Avstraliyaning uchta aviakompaniyasi akkumulyatorlar alangalanishi hodisalari aniqlangani tufayli yo‘lovchilarga Samsung kompaniyasining Galaxy Note 7 smartfonidan bortda foydalanish yoki quvvatlantirishni man etdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Avstraliyaning eng yirik Qantas aviakompaniyasi va uning sho‘ba korxonalari — Jetstar hamda Virgin Australia xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqib, telefondan foydalanishni taqiqlaganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, yo‘lovchilar telefonni o‘zlari bilan birga bortga olishlari mumkin.
Samsung kompaniyasi vakillari mazkur taqiq borasida aviakompaniyalar bilan bog‘langanini bildirdi.
Izoh (0)