Suriya armiyasi va ko‘ngillilar otryadi jangchilari Xama markazi ostonalarida (Damashqdan 220 kilometr masofada) terrorchilarning hujumlarini qaytarmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Hukumat qo‘shinlari pozitsiyalari “Jund al-Quds” va “Jeysh al-Izza” radikal guruhlariga hujum qilmoqda. Xamadan shimoldagi Souran-Kavkab-Atshan-Maan front chizig‘ida shafqatsiz janglar ketmoqda.
Jangarilar shahar atrofidagi Suriya Harbiy-havo kuchlari aviabazalarini egallashga tahdid qilmoqda.
Suriya qurolli kuchlari qo‘mondonligi vakilining ma’lum qilishicha, mamlakat qo‘shinlari 5-sentabr, dushanba kuni Maardas aholi punktida o‘tkazgan operatsiya davomida 15 nafar terrorchini yo‘q qilib, bir nechta zirhli texnikani ishdan chiqargan.
Xamadan olti kilometr masofada joylashgan Mxarde shahri ostonalarida dushmanning bir nechta hujumi qaytarilgan. Uchta tank va bitta zirhli mashina, shuningdek, pulemyotli yo‘ltanlamas yo‘q qilingan. Terrorchilar safidan 50 kishi yo‘q qilingandan so‘ng, ular chekingan.
Izoh (0)