Singapurda yil boshidan buyon denge bezgagiga chalingan bemorlar soni 11,3 ming kishidan oshdi. Bu haqda Channel News Asia telekanali ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Yil boshidan buyon denge bezgagiga chalingan bemorlar soni rekord ko‘rsatkich — 11,3 ming nafardan oshdi. O‘tgan yil davomida respublikada 11,2 ming bemor qayd etilgan edi. O‘tgan hafta davomida 311 ta yangi holat aniqlangan edi”, — deydi Atrof-muhitni himoya qilish milliy agentligi vakili. Yetti nafar bemor hayotdan ko‘z yumgan.
Bundan tashqari, ekspertlar joriy yilning yakuni bo‘yicha tarixda birinchi marta kasallanganlar soni 30 ming kishidan oshishi mumkinligini istisno etmayapti.
Mamlakatda Zika virusiga chalingan bemorlar soni 258 nafarga yetgan.
Izoh (0)