Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi CARE xalqaro gumanitar tashkiloti binosiga uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 41 kishiga yetdi. Bu haqda, mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga asoslanib, “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Ilgariroq qurbonlar soni 24 kishini tashkil qilgani bildirilgan edi.
Yaradorlar soni 110 kishiga yetdi.
Qurbonlar orasida ikkinchi xavfsizlik okrugi politsiyasi rahbari Said Zamoniddin Husayniy va armiya korpusi komandiri Razzoq Panjsheriy bor.
Javobgarlikni “Tolibon” harakati o‘z zimmasiga oldi.
Izoh (0)