Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Moldova prezidenti Nikolaye Timofti, mamlakat parlamenti raisi Adrian Kandu va bosh vaziri Pavel Filip O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan hamdardlik izhor qildi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar bermoqda.

Foto: “Jahon” AA

Foto: “Jahon” AA

“Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik munosabatlari rivojiga katta hissa qo‘shgan davlat arbobi — O‘zbekiston Prezidenti Janobi Oliylari Islom Karimovning vafoti haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik”, — deyiladi ta’ziyanomada.

“U murakkab yillarda O‘zbekistonga yetakchilik qildi, mamlakat erkinligi uchun kurash va mustaqilligi timsoli, shuningdek, mamlakat taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi bo‘ldi. Islom Karimov zamonaviy O‘zbekiston tarixidagi eng muhim shaxslardan biri sifatida avlodlar xotirasida qoladi”, — deyiladi ta’ziyanomada.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin oktabr o‘rtalarida Ostonaga tashrif buyurishi mumkin
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?