Kanadaning Kempbelton shahri yaqinida Bell 206 vertolyoti halokatga uchradi. Hodisa oqibatida ikki kishi qurbon bo‘ldi, yana bir kishi shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda CBC News ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RBK”.
Vertolyot elektr uzatish simiga urilgan, shundan so‘ng yerga urilib, daryoga qulab tushgan. Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, voqea joyida portlash yuz bergan.
Telekanalning ta’kidlashicha, vertolyot halokatga uchragandan keyin elektr uzatuvchi ikki tarmoqqa shikast yetgan.
Izoh (0)