Qohira jinoiy sudi yashirin ekstremistik guruhning 4 a’zosini o‘lim jazosiga hukm qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ular harbiy xizmatchilar va politsiyachilarga hujum qilish maqsadida G‘arbiya viloyati ma’muriy markazi Tanta shahrida terrorchi guruh tuzish, qurol-yarog‘ va ekstremistik ruhdagi adabiyotlarni noqonuniy saqlashda ayblandi.
Oliy jazoga hukm qilinganlardan faqat bir nafari hibsda bo‘lib, qolganlari yashiringan. Mazkur ish bo‘yicha o‘tayotgan va qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatida bo‘lgan yana ikki kishi 15 yil, olti kishi 10 yilga hukm qilindi, bir nafari esa oqlandi.
Izoh (0)