Xitoyning Xanchjou shahrida (Chjetszyan provinsiyasi ma’muriy markazi) ikki millionga yaqin aholi G20 sammiti o‘tkazilishi davomida mamlakatning boshqa shaharlariga tashrif buyurish, shuningdek, chet el safarlarini amalga oshirishni ma’qul ko‘rdi. Bu haqda Xitoyning eng yirik sayyohlik operatori — Ctrip kompaniyasi e’lon qilgan hisobotda ma’lum qilingan, deya xabar bermoqda “TASS”.
Sayyohlarning 67 foizga yaqini ichki sayyohlik yo‘nalishlarini tanlagan. Shahar yaqinida joylashgan hududlar ko‘proq ommalashgan. Eng ko‘p tashrif buyuriladigan sayyohlik joylari o‘nligidan Sanya, Kunmin, Syamen, Litszyan, Guyyan, Chansha va Guylin shaharlari, shuningdek, Xuanshan, Szyuchjaygou va Chanbayshan tog‘lari joy oldi.
To‘qqiz million aholiga ega Xanchjou rasmiylari mamlakatda G20 sammiti o‘tkazilishi davrida bir qator cheklovlarni joriy qildi. Shaharning bir qator tumanlariga faqat u yerning aholisi va kompaniya xodimlari shaxsni tasdiqlovchi maxsus guvohnomani ko‘rsatib va xavfsizlik tekshiruvidan o‘tgachgina kirishi mumkin.
Izoh (0)