Xitoyning Xunan provinsiyasidagi Chjanszyatsze milliy bog‘ida shishadan yasalgan ko‘prik yopildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
430 metr uzunlik va 6 metr kenglikdagi ko‘prik 300 metr balandlikdan o‘tar edi. U 13 kun muqaddam ochilgan edi.
Ayni paytda konstruksiya ta’mirga muhtojligi aytilmoqda.
CNN ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘prikda buzilish yoki sinish kuzatilmagan. Shunga qaramay, tashrifchilar sonining ko‘pligidan u og‘ir yuklamalarni ko‘tarishga majbur bo‘lmoqda.
Izoh (0)