Paragvay xavfsizlik xizmati mamlakat prezidenti Orasio Kartesning joniga qasd qilish xavfi tufayli kuchaytirilgan rejimda ishlashga o‘tdi. Bu haqda giyohvand moddalarga qarshi kurash milliy departamenti boshlig‘i Ugo Vera ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Mamlakatda trevoganing qizil (eng yuqori) darajasi. Prezident Kartesning joniga qasd qilish uchun Braziliyadan yollanma qotillar Paragvayga kelgan”, – dedi Ugo Vera.
Paragvay ichki ishlar vaziri Fransisko de Vargasning qayd etishicha, tayyorlanayotgan qotillik braziliyalik narkobaron Jarvis Shimenes Pavanning yanada qattiq tartibli jazo o‘tash muassasasiga o‘tkazilgani bilan bog‘liq. Vazirlik rahbarining aytishicha, mamlakat prezidentining qarindoshlari va mahkama a’zolari jinoyatchilarning nishoni bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)