Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp Ipsos markazining oxirgi so‘rovi natijalariga ko‘ra Demokratlar vakili Hillari Klintondan 1 foizlik farq bilan o‘zib ketmoqda. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
26-avgust va 1-sentabr oralig‘ida o‘tkazilgan so‘rov yakunlariga ko‘ra, Trampga noyabr oyida o‘tadigan saylovda 40 foiz odam ovoz berishga tayyor. Hillari Klinton nomzodini esa 39 foiz odam ma’qul ko‘rmoqda.
Qolganlar esa, imkon bo‘lsa, boshqa nomzodga ovoz berishini ma’lum qildi.
So‘rov 50 ta shtatda o‘tkazildi. Unda 1804 respondent ishtirok etdi.
Izoh (0)