Hindistonlik erkin kurashchi Yogeshvar Datt rossiyalik Besik Kuduxovning London–2012 Olimpiadasida qo‘lga kiritilgan kushum medalini olishni istamadi va sovrin Kuduxovning yaqinlarida qolishi kerakligini ta’kidladi. Bu haqda “Ren-TV”ga tayanib, TJournal xabar bermoqda.
Yogeshvar bu haqda Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi hamda Kuduxov ajoyib kurashchi bo‘lganini aytib, unga bo‘lgan hurmatini izhor etdi.
Medal bilan nima bo‘lishi noaniq. Olimpiya qoidalariga ko‘ra, medaldan mahrum qilingan sportchi uni qaytarishni istamasa, qabul qilib oluvchiga uning dublikati beriladi.
Besik Kuduxov 2013-yilning 29-dekabrida, 27 yoshida avtohalokatda vafot etgan. Shu yilning 30-avgust kuni marhumning London–2012 da olingan doping namunasi ijobiy chiqqani va u kumush medalidan mahrum qilinishi ma’lum bo‘lgandi.
Izoh (0)