Pekin—2008 Olimpiadasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan Artur Taymazov qo‘lga kiritgan oltin medalidan mahrum etilishi mumkin. Bu haqda Flowresling va “Sports.ru” xabar berdi.

Foto: Zimbio.com

Foto: Zimbio.com

Xabarda 120 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi musobaqada ishtirok etgan Artur Taymazovdan olingan doping namunasi ijobiy chiqqani aytilgan. Bu xabar o‘z tasdig‘ini topsa, oltin medal Taymazov bilan final jangida gilamga chiqqan rossiyalik Baxtiyor Ahmedovga nasib qilishi mumkin.

“Sports.ru” rossiyalik marhum Besik Kuduxov London—2012 Olimpiadasining kumush medalidan mahrum qilinganini ham qayd etgan.

Artur Taymazov uch karra Olimpiada chempioni hisoblanadi. U Afina—2004 va London—2012 Olimpiadalarida ham oltin medalni qo‘lga kiritgandi.