Yerdagi eng qadimgi hayot izlari Grenlandiyadagi tog‘ jinslaridan topildi. Ularning yoshi 3,7 milliard yilga teng, deb xabar beradi “RBK”.
Kashfiyotni Avstraliyaning Vullongong universiteti olimlari amalga oshirdi.
Olimlarning fikricha, tosh qotgan sianobakterial koloniyalarning topilishi hayot haqidagi tasavvurlarni o‘zgartirib yuborishi mumkin. Jumladan, ular Yer hali bo‘m-bo‘sh sayyora bo‘lganida Marsda hayot mavjud bo‘lganini taxmin qilmoqda.
To‘rt santimetr o‘lchamdagi mitti topilmalar — stromatolitlar Grenlandiya janubi-g‘arbidagi Isua formatsiyada aniqlandi. Bunday sianobakterial koloniyalar bugungi kunda tropik va subtropik dengizlarda uchraydi.
Ilgari eng qadimgi hayot izlari Avstraliyadan topilgan deb hisoblanardi. Yangi kashfiyot hayotning vujudga kelish sanasini 220 million yil qadimiylashtirib, tirik organizmlarning vujudga kelishi sayyoralarning shakllanishidan qisqa muddat o‘tib sodir bo‘lishini isbotlaydi.
Izoh (0)