O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan Prezident Islom Karimov nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat arboblari, ishbilarmon va akademik doiralar vakillaridan samimiy qutlovlar kelib turibdi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning maktubida shunday deyiladi:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti“Qutlovlar kelishi davom etmoqda”, — deyiladi O‘zA axborotida.Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Islom Abdug‘aniyevich!
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinganligining 25 yilligi bilan Sizni samimiy muborakbod etaman.
Mamlakatingiz ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, gumanitar va boshqa sohalarda salmoqli yutuqlarga erishdi. O‘zbekistonning jahon maydonidagi obro‘-e’tibori benihoya yuqoridir.
Do‘stlik va o‘zaro hurmatning ezgu an’analariga tayanuvchi davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida faol rivojlanib bormoqda. Ishonchim komilki, biz o‘zaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlikni bundan buyon ham barcha yo‘nalishlarda mustahkamlab, dolzarb xalqaro masalalarni yechishda sa’y-harakatlarimizni samarali ravishda muvofiqlashtirib boraveramiz. Bu Rossiya va O‘zbekiston xalqlarining tub manfaatlariga javob beradi, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Muhtaram Islom Abdug‘aniyevich, Sizga chin qalbdan mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekistonning barcha fuqarolariga baxt-saodat va ravnaq tilayman”.
Izoh (0)