O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan bugun, 31-avgust kuni mamlakat hurriyati, porloq istiqboli va ezgu maqsadlar ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga tantanali ravishda gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar nomidan harbiy orkestr sadolari ostida Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambarlar qo‘yildi.
Izoh (0)