Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Barak Obama Xitoyda o‘tadigan G20 sammitida to‘liq formatda o‘zaro uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilmagan. Bu haqda Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
“Ayni paytda ular orasida biror-bir to‘liq formatli uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilmagan”, — tasdiqladi u.
Shu bilan birga, Peskov Putin va Obama sammit doirasida muzokara o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishidan umid bildirdi.
Ilgariroq u ikki davlat rahbari sammit doirasida har qanaqasiga uchrashishini, ammo ikki tomonlama uchrashuv rejalashtirilmaganini ta’kidlab o‘tgan edi.
Izoh (0)