“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi 2016-yil 31-avgust kuni ikkita Boeing-787 Dreamliner samolyotining birinchisini qabul qildi, deya xabar bermoqda UzDaily.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi ranglaridagi avialayner bugun soat 10:00 da “Toshkent” xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Samolyot Sietldan Toshkentgacha bo‘lgan 12 soatlik masofani to‘xtamasdan bosib o‘tdi.
Havo kemasi Toshkentda hukumat tuzilmalari, aviakompaniya rahbariyati tomonidan tantanali tarzda kutib olindi.
Yangi samolyot uzoq va o‘ta uzoq xalqaro yo‘nalishlarda foydalaniladi hamda Toshkent—Nyu-York yo‘nalishi bo‘yicha qo‘nilmaydigan parvozlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Avvalroq “O‘zbekiston havo yo‘llari” buyurtmasiga asosan tayyorlangan ikki Boeing 787 Dreamliner samolyotlaridan dastlabkisining ilk parvozi aks etgan video e’lon qilingan edi.
Izoh (0)