Prezidentning 2016-yil 24-avgustdagi farmoniga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanidagi Qizilo‘zak ovulida yashayotgan 102 yoshli Olmaxon momo Yesemuratova “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Erniyazov bir guruh davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamrohligida Olmaxon momo xonadonida bo‘lib, piru badavlat onaxonga yuksak davlat mukofoti – “Shuhrat” medalini topshirdi.
Bir asrdan ko‘p umr ko‘rgan Olmaxon momo hali bardam, tetik. Bir o‘g‘il, bir qizni tarbiyalab, voyaga yetkazgan. 13 nevara, 29 chevara, 1 evara ardog‘ida.
– Olmaxon momo ovulimizning faxri, maslahatgo‘yi, – deydi “Qizilo‘zak” ovul fuqarolar yig‘ini raisi H.Elmuratov. – Yig‘inlar, to‘y-hashamlar momoning maslahati bilan o‘tadi. Yoshlarga pandu nasihat qilib, bugungi tinch va farovon hayotning qadriga yetish zarurligini uqtiradi.
Izoh (0)