Norvegiya rasmiylari qirollik hududiga 2015-yilda kirib kelgan 15 ming nafargacha boshpana so‘rovchini mamlakatdan chiqarib yuborishiga to‘g‘ri kelishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
O‘tgan yili Norvegiyada boshpana taqdim etish so‘ralgan 31 ming murojaat kelib tushgan. Bu ko‘rsatkich undan avvalgi bir necha yillarda 10 mingdan oshmagan.
Norvegiya Immigratsiya masalalari bo‘yicha boshqarmasi rahbari Frude Forfangning so‘zlariga qaraganda, bu murojaatlarning yarmiga yaqini qanoatlantiriladi. Boshqarmadan rad javobini olgan 12 mingdan 15 ming nafargacha kishi vataniga yoki Norvegiyaga kelgan mamlakatiga qaytarib yuboriladi.
“Ularning aksariyatini qaytarib yuborilishiga qay tarzda erishish, buni ixtiyoriy yoki majburiy tartibda amalga oshirish boshqarma kun tartibining asosiy masalalaridan biri bo‘ladi. Tajribadan bu qiyin kechishini bilamiz”, — dedi Forfang.
Izoh (0)