Angliyaning “Manchester Yunayted” klubida faoliyat olib borgan murabbiylarning birortasiga dastlabki to‘rt rasmiy o‘yinda zafar quchish nasib etmagan bo‘lib chiqdi.
Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo bu borada birinchi murabbiyga aylandi, deb yozdi “Chempionat”.
Mutaxassis boshqaruvida “qizil iblislar” Angliya Superkubogini qo‘lga kiritib, “Lester”ni mag‘lub etdi. Premyer-Liganing dastlabki uch turida esa “Bornmut”, “Sautgempton” va “Xall Siti” klublaridan 3 ochko tortib olindi.
“Manchester Yunayted”ning Joze Mourinyo bilan beshinchi uchrashuvi 10-sentabr kuni Xosep Gvardiola boshchilik qilayotgan “Manchester Siti”ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)