Yamanning Adan shahrida xudkush terrorchi tomonidan uyushtirilgan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 60 nafarga yetdi. Bu haqda xavfsizlik xodimlari ma’lumotiga tayanib, The Telegraph ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RBK”.
Adandagi Al-Vali kasalxonasi shifokorlari, o‘z navbatida, yana o‘nlab kishilar yaralanganligini ma’lum qildi. Reuters agentligi 60 dan ortiq odam jarohat olganligini ma’lum qildi.
Portlash xudkush terrorchi tomonidan uyushtirilgan. U avtomobilda mahalliy politsiya binosiga bostirib kirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur portlash oqibatida 15 kishi halok bo‘lganligi haqida xabar berilgan edi.