Norvegiyada yashin zarbi oqibatida 323 kiyik nobud bo‘ldi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Voqea mamlakat janubidagi “Xardangervidda” bog‘ida ro‘y berdi. Yashin bog‘dan 26-avgust kuni o‘tdi. Shundan so‘ng bog‘ xodimlari yuzlab jonivorlarning o‘liklarini topa boshladi. Ulardagi jarohat izlari o‘limga yashin zarbi sabab bo‘lganiga shubha qoldirmaydi, deb ta’kidlamoqda bog‘ mutaxassislari.
Bog‘ xodimlari voqea joyiga ikki kun o‘tganidan keyingina yetib bora olgan edi.
Izoh (0)