Xitoyning China Labor Watch huquq himoya qiluvchi tashkiloti iPhone yig‘uvchi Pegatron zavodi ishchilari istiqomat qiluvchi yotoqxonalarning fotosuratlarini o‘z saytiga joylashtirdi, deb ma’lum qiladi “Korrespondent.net”.
Yangi fotosuratlar zavod ilgarigi va’dalariga ters ravishda ishchilarning yashash sharoitlarini yaxshilamaganini ko‘rsatadi, deyiladi xabarda. Ma’lum bo‘lishicha, suv va elektr quvvati yo‘q tor xonalarda 9–12 kishi yashaydi. Dush xonalari va hojatxonalar har bir qavatda bor, ammo ulardagi sanitar sharoitlar juda yomon.
Shuningdek, jurnalistlar ishchilarning maoshlari haqida ma’lumotga ega bo‘ldi. Aytilishicha, zavod xodimi o‘rtacha 350 dollar maosh oladi, ammo oyiga 90 soat ortiqcha ishlagan xodimlar 630 dollargacha pul olishi mumkin.
Apple bu ma’lumotlardan hayratdaligini bildirib, taftish o‘tkazishga va’da berdi.
2016-yilda kompaniya o‘z yetkazuvchilarida 640 tekshiruv o‘tkazib, ularning yakunlariga ko‘ra soat normalariga 97 foiz vaziyatda amal qilinayotganini bildirgan edi. Ammo, China Labor Watch mutaxassislarining fikricha, bunday reviziyalar befoyda, negaki korxonalar hisobotlarni soxtalashtirib, ularda Apple’ni qoniqtiradigan ko‘rsatkichlarni osonlikcha aks ettirishi mumkin.
Izoh (0)