Rossiya fanlar akademiyasi Moddiy madaniyat tarixi instituti ekspeditsiyasi Taman yarim orolida miloddan avvalgi IV asrga mansub qishloq xo‘jaligi turar-joyi qoldiqlarini aniqladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Tadqiqotlar antik qishloqda istiqomat qiluvchilardan biri qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hisob-kitobiga javob beruvchi amaldor bo‘lganini ko‘rsatganini aytmoqda.
Jumladan, arxeologlar qabrlardan birida odatiy ashyolar — sopol buyum siniqlari, tosh, shisha va metall bezak buyumlaridan tashqari, shahar amaldorlarining tamg‘asi izlari saqlanib qolgan o‘lchov xumi ham topdi.
Taxminlarga ko‘ra, amaldor shu xum yordamida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmini o‘lchagan. Bu soliq hajmini belgilash vazifasini bajargan yoxud qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi kishilarning shaxsiy hisob-kitoblarida asqatgan bo‘lishi mumkin.
Tadqiqotlar davom etmoqda.
Izoh (0)