Liviyada Fayz Sarajning Milliy birdamlik hukumatiga bo‘ysunuvchi qo‘shinlar IShIDga qarshi janglarda uch oy davomida 442 nafar askarini yo‘qotdi, 2,1 ming askar yaralandi. Bu haqda 27-avgust, shanba kuni “Al-Vasat” yangiliklar portali ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
To‘qnashuvlarda halok bo‘lgan va jabrlaganlarning aksariyati yetkaziladigan Misurata shahri markaziy shifoxonasi vakillarining ma’lum qilishicha, yaralanganlarning chorak qismi og‘ir ahvolda. Ularning aksariyat qismi qo‘shni Tunis, shuningdek, Turkiyaga davolanish uchun yuborilmoqda.
Yaqin kunlarda jiddiy jabrlangan kishilar Germaniyaga yuboriladi.
Sarajning yangi mahkamasiga sodiq tuzilma 14-maydan buyon Sirt shahridan IShID jangarilarini chiqarib yuborish bo‘yicha operatsiyani o‘tkazmoqda. Operatsiya “Al-Bunyan al-Marsus” nomini olgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)