AQShning Pittsburg shahrida (Pensilvaniya shtati) avtonom boshqaruvdagi Uber avtomobillari paydo bo‘ldi. TJournal’ning bildirishicha, texnik jihatdan bunday mashinalar hali to‘liq haydovchisiz emas — haydovchi o‘rnida bir kishi o‘tirib, avtomobil faoliyatini nazorat qiladi va murakkab vaziyatlarda boshqaruvni o‘z qo‘liga olishga tayyor bo‘ladi.
Ko‘chalarda bunday taksilarni ko‘ra boshlagan pittsburgliklar ayrim fotosuratlarni ijtimoiy tarmoqlarga joyladi.
Suratlarga ko‘ra, Uber avtonom taksilari Ford mashinalaridir. Ilgariroq taksi servisi uning shahardagi taksoparki Volvo mashinalaridan iborat bo‘lishini va’da qilgan edi.
Izoh (0)