Avstraliyaning Kvinslend shtatidagi Xarvi-Bey shahrida kenguru ikki yoshli qizchaga hujum qildi, ammo qizning onasi Arji Abixaron jonivorni yengib chiqdi. Voqea tafsilotlarini “TASS” keltirmoqda.
“Uydaligimda olti yoshli o‘g‘limning qichqirig‘ini eshitdim, — hikoya qiladi ayol. — Hovliga chiqib, qizimga hujum qilgan kenguruni ko‘rdim. Qizim hushini yo‘qotib, yerda yotgandi. Kenguruning bo‘yi men bilan teng edi. Men uni tepdim va kurashga kirishib ketdim. Jonivor meni ushlamoqchi bo‘ldi, ammo buning uddasidan chiqa olmadi, negaki qo‘shnimning baqirishini eshitib qo‘rqib ketdi”.
Voqea joyiga yetib borgan tibbiyot xodimlari qizchani shifoxonaga olib borib, zarur yordam ko‘rsatilganidan so‘ng uyga qo‘yib yubordi.
Mahalliy aholi vakillarining bildirishicha, kengurular shahar chetida ko‘p uchraydi, lekin ular odamga hujum qilishi bilan bog‘liq holat birinchi marta qayd qilinishi.
Izoh (0)