Coca-Cola HBC Eurasia kompaniyasining Moskvada joylashgan zavodida pudratchi tashkilot xodimlari jabrlandi. Kompaniyaning tashqi aloqalar va kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Irina Arxipova zavodda 25-avgust kuni sodir bo‘lgan voqea haqida “Interfaks”ga ma’lumot berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, pudratchilar ombor hududida yuk tushirish ishlarini amalga oshirayotgan paytda portlash ovozi eshitilgan. Buning oqibatida pudratchilarning uch nafari kuyish jarohatlarini olgan.
Arxipovaning ta’kidlashicha, yong‘in kelib chiqmagan, korxona reja bo‘yicha ishlashda davom etmoqda.
“Kompaniya favqulodda xizmatlar bilan hamkorlik qilmoqda, bo‘lib o‘tgan voqea o‘rganilmoqda”, — ta’kidladi ayol.
Izoh (0)