Braziliya prezidenti lavozimidan vaqtincha chetlatilgan Dilma Russeff o‘z ixtiyori bilan iste’foga chiqmasligini tasdiqladi. 22-avgust, dushanba kuni u tegishli bayonotni mahalliy SBT telekanaliga ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Iste’foga chiqish niyatim yo‘q. Men ularga (siyosiy raqiblarga) bunday sovg‘a qilmayman”, — dedi Russeff.
Avval ham u bir necha marta mandatni saqlab qolish uchun kurashishini ma’lum qilgan edi. “Lavozimimdan o‘z ixtiyorim bilan ketishimni iltimos qilishdi, ko‘ndirmoqchi bo‘lishdi, hatto bosim o‘tkazishdi. Biroq men hech qachon bunday qilmayman. Bilasizmi, nima uchun? Chunki xalq menga 54 million ovozini bergan”, — deb ta’kidlagan edi Russeff iyul oyi boshida tarafdorlari bilan San-Pauludagi uchrashuvda.
Izoh (0)