Rossiyaning Tyumen shahrida 22 yoshli qiz to‘qqizinchi qavatdan tushib ketib, tirik qoldi. Shifokorlar uning hayotini saqlab qolish yo‘lida harakat qilmoqda, deb xabar beradi “Vesti.ru”.
Mintaqa sog‘liqni saqlash departamenti matbuot kotibi Aleksandra Maliginaning so‘zlariga qaraganda, voqea 22-avgust kuni sodir bo‘lgan. Ayni paytda qiz reanimatsiyada.
Izoh (0)