Singapurlik davlat arbobi, 1999–2011-yillarda mamlakat prezidenti lavozimini egallab kelgan Sellapan Ramanatan olamdan o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
92 yoshli Ramanatan iyul oyining oxirida insultdan so‘ng og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan edi.
“Rahbar va hukumat a’zolari nomidan marhumning oilasiga hamdardlik bildiramiz”, — deyiladi bosh vazir devonxonasi tarqatgan bayonotda.
Izoh (0)