Rio–2016 Olimpiya o‘yinlari boks musobaqasining 64 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Fazliddin G‘oibnazarov oltin medal uchun kelib chiqishi kubalik bo‘lgan Ozarbayjon vakili Kollazo Sotomayorni mag‘lubiyatga uchratib, Olimpiada chempioniga aylandi.
O‘z vaznida to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasida chempionga aylangan Fazliddin G‘oibnazarov quvonch ko‘z yoshlarini tiya olmadi.
Eslatib o‘tamiz, Fazliddin G‘oibnazarov finalga qadar kongolik Malonga Dzalamou (1/16 final), hindistonlik Manoj Kumar (1/8 final), amerikalik Geri Rassell (1/4 final), rossiyalik Vitaliy Dunaysev (1/2 final) kabi sportchilarni turnirdan chiqarib yuborgandi.
Izoh (0)