Saudiya Arabistoni rahbariyati Haj ziyorati chog‘ida favqulodda vaziyatlarga yo‘l qo‘ymaslik va ularning oldini olish bo‘yicha tegishli xizmatlarning rejasini tasdiqladi. O‘tgan yilgi achchiq tajribadan so‘ng mamlakat hukumat ziyorat xavfsizligini maksimal darajada ta’minlashga qaror qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Fuqarolik mudofaasi boshqarmasi rahbari general Sulaymon bin Abdulla al-Amrning ma’lum qilishicha, reja mamlakatdagi barcha resurslarni safarbar qilishga qaratilgan bo‘lib, uni ichki ishlar vaziri, Haj ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi shahzoda Muhammad bin Naif al-Saud tasdiqladi.
Reja doirasida xavfsizlik organlarining 17 mingdan ortiq xodimi Hajni xavfsiz tashkil qilish ishiga safarbar etiladi. Ziyoratchilar xavfsizligini ta’minlashga 3 ming texnika birligi ham jalb etiladi.
Bundan tashqari, favqulodda vaziyat yuzaga kelgan taqdirda ziyoratchilarni evakuatsiya qilish imkoniyatlarini kengaytirishga katta e’tibor qaratiladi.
Izoh (0)