Turkiya janubidagi Gaziantep shahrida to‘y marosimi vaqtida yuz bergan portlash oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Avvalroq 22 kishining halok bo‘lgani hamda 94 kishining jarohat olgani ma’lum bo‘lgan edi.
Reuters agentligining ma’lum qilishicha, portlash bir guruh odam nikoh marosimini nishonlash uchun ko‘chaga chiqqan paytda yuz bergan.
Bosh vaziri o‘rinbosari Mehmet Shimshek yuz bergan hodisani terakt deb atadi. Uning so‘zlariga qaraganda, portlovchi qurilma xudkush terrorchi qiz tomonidan ishga tushirilgan.
Gaziantep Turkiya—Suriya chegarasi yaqinida joylashgan.
Izoh (0)