O‘g‘rilar Meksika qamoqxonasida AQSh hukumatiga topshirilishini kutayotgan narkobaron Xoakin Gusmanning o‘g‘li Xesus Alfredo Gusman Salasarni ozod qildi. Bu haqda 20-avgust, shanba kuni Rio Dose gazetasi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
15-avgust, dushanba kuni Meksika g‘arbidagi Puerto-Valyarta kurort shahrida o‘g‘irlab ketilgan yana besh kishi ham qo‘yib yuborildi.
Mahalliy hukumat ushbu ma’lumot yuzasidan hozircha hech qanday izoh bermadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yetti nafar qurollangan shaxs Puerto-Valyarta shahridagi restoranga bostirib kirib, olti kishini asirga olgani haqida ma’lum qilingan edi. Keyinroq prokuratura o‘g‘irlanganlar orasida narkobaronning o‘g‘li ham borligini aniqladi.
Izoh (0)