AQShning Baltimor shahrida Polo laqabli kuchukcha 8 oylik qizchani yong‘in paytida himoya qilib, halok bo‘ldi. Bu haqda, CBS News’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Qizaloqning onasi va itning egasi — Erika Poremski bo‘lib o‘tgan voqea haqida gapirib berdi. Uning so‘zlariga qaraganda, u tashqariga chiqqanida uy yona boshlaganini ko‘rgan. Ayol uyga kirmoqchi bo‘lgan, ammo buning uddasidan chiqa olmagan. Uy tutunga to‘lib ketgan.
Poremski xonimning yuzi va qo‘llarida kuyish bor. Bu jarohatlarni u qizi Viviananing oldiga kirishga urinish paytida olgan. Ayol o‘t o‘chiruvchilar kelishini kutishga majbur bo‘lgan. Ammo ular kelguniga qadar qizaloqni Polo himoya qilgan.
Un chien se sacrifie pour un bébé et périt dans les flammes.
— La voix des animaux (@Voixdesanimaux) August 19, 2016
Erika Poremski n’est sortie de la maison que... https://t.co/E3v5ZT27GR
Poremskining aytishicha, kuchukcha zinadan pastga tushib, qochib ketishi ham mumkin edi, ammo u Vivianani o‘z tanasi bilan to‘sib turgan — o‘t o‘chiruvchilar qizni va kuchukchani aynan shu paytda topgan.
Qizaloqning ham yuzi va qo‘llari kuygan, lekin u omon qolgan. Polo esa hayotdan ko‘z yumgan.
Izoh (0)