Turkiya hukumati Misr bilan munosabatlarni yaxshilashni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Binoli Yildirim matbuot anjumani chog‘ida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “Interfaks”.
“Biz Misr bilan iqtisodiy va madaniy munosabatlarni rivojlantirishimiz lozim, deb hisoblaymiz”, — dedi u.
Anqara va Qohiraning munosabatlari 2013-yilda, harbiy to‘ntarish tufayli prezident Muhammad Mursiy ag‘darilganidan so‘ng keskin yomonlashgan edi.
Izoh (0)